Qishloq xoʻjaligi huquqi
Qishloq xoʻjaligi huquqi (baʼzan Ag huquqi deb ham yuritiladi) – qishloq xoʻjaligi kooperativlari, urugʻchilik, suv, oʻgʻit va pestitsidlardan foydalanish, qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish, qishloq xoʻjaligi mehnati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini marketingi, qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi, dehqonchilik huquqlari, yer egaligi va ijarachilik tizimi, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qishloq sanoati huquqi kabi masalalarni qamrab oladi. Zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi bilan bu sohada kreditlash, intellektual mulk, savdo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan bogʻliq tijorat munosabatlari kabi masalalar ham tartibga solinadi.
Oddiy qilib aytganda, qishloq xoʻjaligi huquqi – bu qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga tatbiq etiladigan maxsus qonunlar hamda meʼyoriy hujjatlar tizimini oʻrganadigan huquq sohasi[1]. „Qishloq xoʻjaligidagi oʻziga xoslik“, yaʼni qishloq xoʻjaligi sanoatini himoya qilish uchun huquqiy istisnolarni qoʻllash hodisasi, dunyo miqyosida keng tarqalgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi huquqi qadimiy boʻlib, uning tarixi kamida XVII asrdagi ingliz Umumiy huquq davridan boshlab shakllangan. Masalan, Aldred ishi (1610) – ingliz yer huquqi va delikt huquqidagi mashhur ish boʻlib, unda noqulaylik masalasi koʻrilgan. Unga koʻra, agar qoʻshni xonadonga tutash joyda choʻchqa qafasi qurilgan boʻlsa, bundan zarar koʻrgan shaxsda qonuniy daʼvo qoʻzgʻatish huquqi mavjud hisoblangan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Schneider, Susan (2010). "A Reconsideration of Agricultural Law". William & Mary Environmental Law and Policy Review V. 34, Issue 3: 935–963. http://scholarship.law.wm.edu/wmelpr/vol34/iss3/5/.
- ↑ Skogstad, Grace (1998). "Ideas, Paradigms, and Institutions: Agricultural Exceptionalism in the European Union and the United States". Governance 11 (4): 463–468. doi:10.1111/0952-1895.00082.
- ↑ Aldred's Case (1610) 9 Co Rep 57b; (1610) 77 ER 816, [1558–1774] All ER Rep 622.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Iowa State University’s Center for Agricultural Law and Taxation
- LL. M. Program in Agricultural & Food Law, University of Arkansas School of Law
- Food Farming & Sustainability: Legal Resources Website
- Drake Agricultural Law Center
- Agricultural Law Information Partnership
- LLM in Food and Agriculture Law, Vermont Law and Graduate School