Qishliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qishliq (rus manbalarida Kashlik), Sibir — Sibir xonliginit poytaxti (15-asrning oxiridan). tobolsk shahridan 17 km yuqorida, Irtish daryosining oʻng qirgʻogʻida, Sibirka irmogʻining quyilish joyida joylashgan. 14-asr boshlaridan maʼlum. 16-asrda Q. aholisi savdo va hunarmandchilik (temirchilik, toʻqimachilik, etikdoʻzlik, moʻynadoʻzlik, suyakdan buyumlar yasash), baliq ovlash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Q. atrofida istehkomli bir qancha mayda shaharchalar boʻlib, ularda xon va uning qarindoshlari yashagan. 1582-yil kuzida Yermak qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan soʻng Q.da hayot soʻngan. Q.da (Iskar shahar xarobasida — tatarcha Eski yer) 1915-yil V.N.Pignatti qazishma ishlari olib borgan.