Kontent qismiga oʻtish

Qirol sher 2: Simba iftixori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qirol Sher II:
Simbaning gʻururi
The Lion King II:
Simba's Pride

Film posteri
Rejissyor(lar) Darrell Rooney
Rob LaDuca
Prodyuser(lar) Jeannine Roussel
Ssenariy
muallif(lar)i
  • Flip Kobler
  • Cindy Marcus
Rollarda
Bastakor(lar) Nick Glennie-Smith
Montajyor(lar) Peter Lonsdale
Studiya
Distribyutor Walt Disney Home Video
Premyera
sanasi
Davomiylik 81 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til Inglizcha
Avvalgi film Qirol Sher
Keyingi film Qirol Sher 1½

Qirol Sher II: Simbaning gʻururi (inglizcha: The Lion King II: Simbaʼs Pride) 1998–yilda Walt Disney Video Premiere va Walt Disney Animation Australia tomonidan kiritilgan va Walt Disney Home Video kinokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan animatsion musiqali romantik filmdir. Shuningdek, kartina 1994–yilda ishlangan Qirol Sher animatsion filmining sikveli, yaʼni davomi hisoblanadi.

Sher Simba yovuz togʻasi Shramni agʻdarib oʻziga taxtni qaytib olganidan soʻng koʻp vaqt oʻtdi. Simba bilan qirolicha Nalaning qizi malika Kiara katta boʻlib qoldi. Lekin Timon va Pumbaning qaramogʻida boʻlgan quloqsiz malika Kiara hali onasi qirolicha Nalaga oʻxshashdan yiroq. Bir kuni u „Taqiqlangan Yer“ga qochib, u yerda Kova ismli sherchani uchratadi va u bilan yaqin doʻst boʻlib qoladi. Lekin ularning doʻstligi Simba qabilasiga tahdid soladi. Chunki Kova Shramning vorisi va uning onasi Zira hali ham taxtdan umidini uzmagan, u ogʻlini taxtga oʻtqazish uchun hamma narsaga tayyor.