Qirmizi olma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Qirmizi olma“
Ulugʻbek Rahmatullayev qoʻshigʻi
„Qirmizi olma“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2015
Janr pop
Davomiyligi 3:54 (toʻliq versiya)
3:39 (qisqa versiya)
4:09 (klip versiyasi)
Klipi
„Qirmizi olma“ YouTubeda

Qirmizi olma“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. Dastlab singl o'laroq 2015-yil eʼlon qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻi Rahmatullayevning 2015-yil eʼlon qilingan „Yoshlik“ nomli albomiga ham kiritilgan. Shuningdek, 2020-yil eʼlon qilingan „Seni izlab“ albomiga qoʻshiqning jonli versiyasi kiritilgan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Yabloko lyubvi“ (ruscha: Яблоко любви) nomi bilan ijro etgan. Tarona xonandaning oʻsha yili chiqarilgan ayni nomli studiyaviy albomiga kiritilgan[1]. „Qirmizi olma“ Rahmatullayev repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir.

Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor[2]. Qoʻshiqning oʻzbekcha versiyasi klipi 2016-yilning martida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 21 million martadan oshiq, ruscha versiyasi klipi esa 20 million martadan oshiq koʻrilgan.

Bugunga qadar bir necha xorijlik xonanda taronani kaver qilgan. 2015-yil eronlik xonanda Aref qoʻshiqni „Ki behtar az to“ (forscha: کی بهتر از تو) nomi bilan fors tilida kuylagan[3]. Rahmatullayev Aref undan ruxsat olmaganini, ammo kaverga eʼtirozi yoʻqligini bildirgan[4]. 2021-yil esa Arhan „Qirmizi alma“ nomi bilan ozarbayjon tilida ijro etgan[5]. 2021-yil Rahmatullayev qoʻshiqni xonanda Nilufar Usmonova bilan ijro etgan.

„The cover up kids“[izoh 1] koʻrsatuvining 3-sonida (8-noyabr, 2020-yil) Rahmatullayev qoʻshiqlari kaver qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻini koʻrsatuv ishtirokchisi Rustamxon Sayfullayev ijro etgan. Sayfullayev qoʻshiqni uch xil uslubda, jumladan, milliy cholgʻular joʻrligida ijro etgan va Rahmatullayev olqishiga sazovor boʻlgan[6].

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Koʻrsatuv ijodkorlari „cover-up“ soʻzi ingliz tilida 1) biror narsani, ayniqsa nojoʻya ish yoki xatoni yashirish urinishini yoki 2) suvdan chiqqanda choʻmilish kiyimi ustidan tashlab olinadigan ust-boshni anglatishidan bexabar boʻlgani uchun koʻrsatuvni shunday nomlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qirmizi olma“. Rizanova. Qaraldi: 30-sentyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 30-sentyabr 2022-yil.
  3. „Ki Behtar Az To“. Spotify. Qaraldi: 30-sentabr 2022-yil.
  4. „Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” qo‘shig‘ini eronlik xonanda o‘g‘irladi (video)“. Daryo (6-yanvar 2017-yil). 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2022-yil.
  5. „Qirmizi Alma“. Spotify. Qaraldi: 30-sentabr 2022-yil.
  6. YouTube logotipi Cover-up kids koʻrsatuvining 3-soni Ulugʻbek Rahmatullayev ishtirokida YouTubeda Qaraldi: 30-sentyabr 2022-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]