Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻiziston Prezidenti

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Qirgʻiziston prezidenti
qirgʻizcha: Кыргыз Республикасынын Президенти
ruscha: Президент Кыргызской Республики

Amaldagi lavozim egasi
Sadir Japarov
Qarorgoh 1-son „Ala-Archa“ davlat qarorgohi
Tayinlovchi 2021-yil 28-yanvar
Lavozim muddati 5 yil, ikki muddatdan oshmasligi kerak
Taʼsis etilgan sanasi 1990-yil 27-oktyabr
Ilk lavozim egasi Asqar Akayev
Maoshi maxfiy

Qirgʻiziston Prezidenti, rasman Qirgʻiz Respublikasi prezidenti (qirgʻizcha: Кыргыз Республикасынын Президенти) – Qirgʻizistonning eng yuqori davlat organi, shuningdek, ushbu lavozimga saylangan shaxsdir. Qirgʻiziston prezidenti davlat rahbari, ijro etuvchi hokimiyat organlari va Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari bosh qoʻmondoni hisoblanadi.

Prezident, Konstitutsiyaga koʻra, Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ikki muddatdan ortiq Prezident etib saylanishi mumkin emas. Qirgʻizistonning kamida 35 yoshga toʻlgan, davlat tilini biladigan va respublikada jami kamida 15 yil yashagan fuqarosi prezident etib saylanishi mumkin.

2021-yil 28-yanvarda Sadir Japarov 2021-yil 10-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda gʻalaba qozonib, Qirgʻiziston prezidenti lavozimiga kirishgan[1].

Shu paytgacha mustaqil Qirgʻiziston tarixida 6 kishi mamlakat prezidenti boʻlgan (mos ravishda 2 kun va 2,5 oy prezident vazifasini bajaruvchi Ishenbay Kadirbekov va Talant Mamitovni hisobga olmaganda).