Qirgʻiziston 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida
| Qirgʻiziston 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida | |
|---|---|
|
Qirgʻiziston bayrogʻi | |
| XOK kodi | KGZ |
| MOQ | Qirg‘iziston Milliy olimpiya qo‘mitasi |
| Salt Lake City, AQSh | |
| Sportchilar | 2 (2 erkak) 2 sport turi boʻyicha |
| Medallar |
|
Qirg‘iziston AQShning Yuta shtati Salt Lake shahrida boʻlib oʻtgan 2002-yil Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.
Jami ikki nafar erkak sportchi Qirg‘iziston sharafini himoya qildi. Ular ikki sport turida: biatlon va tramplindan sakrash bahslarida qatnashdi.
Ishtirokchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirg‘iziston 2002-yil AQShning Yuta shtati, Salt Lake shahrida bo‘lib o‘tgan Qishki Olimpiya o‘yinlarida ikki sport turida jami ikki nafar sportchi bilan ishtirok etdi[1].
| Sport | Erkaklar | Ayollar | Umumiy |
|---|---|---|---|
| Biatlon | 1 | 0 | 1 |
| Tramplindan sakrash | 1 | — | 1 |
| Umumiy | 2 | 0 | 2 |
Biatlon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir nafar qirg‘izistonlik sportchi — Aleksandr Tropnikov biatlon musobaqalarida ishtirok etdi. U erkaklar sprint va individual bahslarida qatnashdi[1].
Erkaklar individual musobaqasi 2002-yil 11-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Tropnikov masofani 58 daqiqa 5,3 soniyada yakunladi, biroq otishdagi ikki xato sabab jarima qo‘shilib, yakuniy vaqti 1 soat 5,3 soniyani tashkil etdi va umumiy hisobda 73-o‘rinni egalladi[2].
| Musobaqa | Sportchi | Vaqt | Xato | Yakuniy natija 1 | Oʻrin |
|---|---|---|---|---|---|
| 20 km | Aleksandr Tropnikov | 58:05.3 | 2 | 1'00:05.3 | 73 |
Erkaklar sprint musobaqasi 2002-yil 13-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Tropnikov masofani 29 daqiqa 30,2 soniyada yakunladi, biroq otishdagi ikki xato sabab umumiy hisobda 77-o‘rinni egalladi.
| Musobaqa | Sportchi | Xato2 | Vaqt | Oʻrin |
|---|---|---|---|---|
| 10 km sprint | Aleksandr Tropnikov | 2 | 29:30.2 | 77 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Kyrgyzstan at the 2002 Winter Olympics“. Olympedia. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „2002 Winter Olympics, 20 kilometres, Men“. Olympedia. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.