Qazvin ustoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qazvin ustoni -[1]Eronning markazida joylashgan boʻlib, shimoldan Gilon viloyati, janubdan Markaziy viloyat, gʻarbdan Zanjon va Hamadon viloyatlari, sharkdan Tehron viloyati bilan chegardoshdir. Viloyatda 5 ta tuman, 19 ta baxsh, 46 ta kishlok va 25 ta shahar mavjud. Qazvin, Buini Zaxro, Tokiston, Obik va Alvand viloyatdagi muhim shaharlar hisoblanadi. Qazvin ustonida togʻli rayonlar koʻp boʻlganligi va yogʻin miqdori oʻrtacha boʻlganligi sababli qishlari sovuq, yozlari esa moʻtadildir.Ustonda ikki xil shimoli-gʻarbdan janubi-sharq tomon shamol mavjuddir: shimoliy harakatlanadi va Bodi Moʻh deb ataladi, ikkinchi oqim Bodi Roz deb ataladi va janubi-sharqdan shimoli-gʻarb tomon esadi. Yogʻinlar mikdori va havo harorati ustonning turli nuqtalarida turlichadir. Aslida viloyat iklimini quyidagi toʻrt guruhga boʻlish mumkin:

Togʻ etaklaridagi mintaqalarning moʻtadil iqlimi;
Qazvin dashti va Buin Zahro mintaqalariga xos boʻlgan quruq va yarim quruq havo
Toram va Shohrud mintaqalarini oʻzida qamrab oluvchi nam havo iqlimi.

Qazvin viloyatini Eronning eng togʻi koʻp mintaqasi deb atasa

Musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

To'y marosimlarida ijro etiladigan maqomlar guruxiga kuyidagi makomlarni kiritsa buladi: Kosimoboliy maqomi (Kosimobodiy raqsi uchun), xubalbonu, xino va suze-suz (koʻpchilik bulib ijro etiladigan raks uchun), shirin Laylo (shu nomli raks uchun bastalangan kushik). Sozi gam (kelinni ota uyidan olib ketaëtganda ijro etiladi). Royi (yegoch bilan ijro etiladigan raks uchun bastalangan ashula), shutur barxezon (mintakaning mahalliy sozandalari bir makom ijro etilganidan soʻng oʻtgan bir oz muddat oʻtgach shugur barxezon parchasini chalishni boshlab, birinchi ijro etilgan maqomni yana qaytadan yoki boshqa maqomni ijro etishni boshlaydilar).

Maxalliy o'yinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chubjang. Bu marosim yoshlarning koʻpincha qishloqdagi tuylarda oʻtkazadigan marosimlaridan biri xisoblanadi. Ushbu uyinda yigitlar qullariga choʻp yog'ochlarni olib bir-birlari bilan kurashga tushadilar. Kushti-yn paxlu ba paxlu. Bu marosim (kurash) eng kadimiy marosimlardanbo'lib asosan goʻy marosimlarida amalga oshiriladi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 255 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.


Turkum: Maqola, Eron ustonlari