Qazigʻurt (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qazig'urt tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Qazigʻurt tumani
Қазығұрт ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Qazigʻurt
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Qistauov Boʻlatbek
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 107,253[1]
Zichligi 26,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar — 93,1 %
oʻzbeklar — 5,3 %
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 4 100 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Oʻrtacha balandligi


 800—1200 m
Qazigʻurt tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72539[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13

Qazigʻurt tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubi-sharqida joylashgan hudud. Maydoni 4,1-ming km2. Aholisi 107,253 (2013). Tuman markazi — Qazigʻurt qishlogʻi[3].

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi koʻp millatli, tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi, shuningdek tumanda oʻzbeklar, tatarlar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qilishadi. Aholisi 107,253 kishi, oʻrtacha zichligi 1-km 2 26,1 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisining koʻpchiligi togʻ yon bagʻirlarida, daryo yoqalarida, avtomabil yoʻllari yoqasida joylashgan.

Katta qishloqlari[tahrir]

  • Qazigʻurt
  • Qaqpaq
  • Qarjan
  • Shrapxana
  • Rabat
  • Turbat
  • Qizilqiya
  • Sharbulaq

Tarixi[tahrir]

Qazigʻurt togʻi nomi bilan ataladigan tuman 1928-yili tashkil topdi. Markazi Turbat, Sharapxana, keyinchalik Lenin (hozirgi Qazigʻurt) qishloqlari boʻlgan.

Tumanning iqtisodi[tahrir]

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yeri 3940 ming gektar, tumanda 2,935 agrosanoat faoliyat yuritmoqda.

Manbalar[tahrir]