Qazanjiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qazanjiq (Gazanjiq) — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi shahar (1939-yildan). Kopetdogning shim.gʻarbiy etaklarida. Qoraqum kanalining oxirgi punkti. Transport yoʻli stansiyasi. Ashxoboddan 292 km shim.gʻarbda. Aholisi 15 ming kishi (1990ylar oʻrtalari). Transport yoʻli transporti korxonalari, qurilish materiallari zavodi, gilam fabrikasi bor. Q. 1895-yilda temir yoʻl qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.