Sharif Qayumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qayumov Sharif Gʻaniyevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sharif Gʻaniyevich Qayumov (1905.25.1, Buxoro 1973, Toshkent) — aktyor va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Faoliyatini Buxoro muallimlar tayyorlash bilim yurtida oʻqib yurgan paytidan drama toʻgaragida qatnashishdan boshlagan va Hoji Muin Shukrulloning "Mazluma xotin" pyesasidagi Tansiqoy rolini oʻynagan. Keyin Buxoro teatriga ishga oʻtgan (1923), 1927—73 yillar Hamza nomidagi teatrda ishlagan. Q. kichik rollar ustasi sifatida tanilgan. Ferdinand, Shpigelberg (F.Shiller, "Makr va muhabbat", "Qaroqchilar"), Goratsio (U.Shekspir, "Hamlet"), Robinzon, Kuligin (A.Ostrovskiy, "Sepsiz qiz", "Momaqaldiroq") kabilar shular jumlasidan.

Milliy dramaturgiyada Naziriy (K.Yashin, A.Umariy "Hamza"), Piri Zindoniy (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Odilov (Abdulla Qahhor, "Shohi soʻzana") kabi obrazlar yaratgan. "Uylanish" (N.Gogol), "Uygʻonish" (N.Safarov), "Qoʻzibuloq qishlogʻi" (Lope de Vega), "Xatarli yoʻl" (Shukrullo), "Parvona" (Uygʻun), "Tartyuf" (Molyer), "Meshchanlar" (M.Gorkiy), "Yuliy Sezar" (U.Shekspir) va boshqalar spektakllarni sahnalashtirgan. Q Oʻzbekistonda radioteatr yaratilishiga ham katta hissa qoʻshgan. E. Xemingueyning "Chol va dengiz" asari, N.Gogolning "Oʻlik jonlar" romani asosida radiopostanovkalar yaratgan.

Manbalar[tahrir]