Azizxon Poʻlatovich Qayumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qayumov Azizxon Poʻlatovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Azizxon Poʻlatovich Qayumov
 
Tavalludi: 19-iyun 1926-yil(1926-06-19)
Vafoti: 16-fevral 2018-yil(2018-02-16)
(91 yoshda)
 
Mukofotlari:

El-urt khurmaty rib.png Uzbek orden rib.png Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti

Azizxon Poʻlatovich Qayumov (1926.19.16, Qoʻqon — 16.02.2018) — adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), filol. fanlari doktori (1961). P. Qayyumovning oʻgʻli. Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim (1949—57), OʻzSSR Ministrlar Sovetida fan va oliy oʻquv yurtlari boʻyicha katta referent (1957— 58), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori (1958—61). Oʻzbekiston KP MK fan, oliy oʻquv yurtlari va maktablar boʻlimi, soʻng fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1961—63). Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, vazirning birinchi oʻrinbosari (1963—64), OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Kinematografiya davlat komiteti raisi (1964—74), Toshkent madaniyat instituti rektori (1974—79), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar instituti direktori (1979— 98), Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim (1998 yildan). Asosiy ilmiy ishlari Qoʻqon adabiy muhiti mavzuida. "Maxmur" (1956), "Hoziq" (1957), "Gʻoziy" (1959), "Saddi Iskandariy" (1975), "Alisher Navoiy" (1976, 1991), "Hayrat ulabror" (1977), "Farhod va Shirin" sirlari" (1979), "Nodir sahifalar" (1991), "Bu ohang ila boʻlgʻaysen Naqshband" (1993) kabi asarlari Apisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oʻrganishda muhim hissa boʻlgan. Q mashnshunoslik sohasida ham samarali ish olib borib, bir qancha oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1980). "Shuhrat" medali (1996), "Elyurt hurmati" ordeni (2003) bilan taqdirlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. * Nazm va tafakkur quyoshi, T., 1992; Sheʼriyat jilolari, T., 1996; Jemchujina mudrosti i taynm semi morey (B. Hasanov bilan hamkorlikda), T., 2000; Akademik Gʻafur Gʻulom, T., 2002; Akademik Vohid Zohidov, T., 2004; Akademik Oybek, T., 2005.