Qays ibn al-Mullavvah
| Qays ibn al-Mulavvah | |
|---|---|
|
livan-amerikalik shoir va rassom Jubron Xalil Jubron tomonidan chizilgan Qays ibn al-Mulavvahning eskizi. | |
| Tavalludi |
Qays bin Al-Mulavvah bin Muzahim 644 |
| Vafoti | 688 |
| Kasbi | Shoir |
| Ijod qilgan tillari | Klassik arab tili |
| Fuqaroligi | Damashq xalifaligi |
| Faoliyat yillari | Umaviylar xalifaligi |
Qays ibn al-Mullavvah (arabcha: قَيْسُ بْنُ الْمُلَوَّحِ بْنُ مُزَاحِمٍ الْعَامِرِيّ) — Arabiston Najdidan boʻlgan 7-asr arab shoiri[1], badaviylarning Banu Amir qabilasi aʼzosi. U Umaviylar xalifaligi davrida yashagan[2][3]. Qays oʻzi bilan bir qabilaga mansub ayol Layloga boʻlgan nihoyatda chuqur muhabbati bilan mashhur boʻlib, bu holat unga vafotidan keyin Majnun (telba) taxallusini keltirgan[2].
Ibn Qutayba va al-Isfahani kabi roviylarning ilk tarixiy xabarlariga koʻra, Qays va Laylo Banu Amir qabilasiga mansub amakivachchalar boʻlgan. Bu manbalarda juftlik ilk bor bolalik chogʻida sahroda qoʻy-echkilarini boqib yurgan paytda uchrashgani, ularning ilk rishtasi esa oxir-oqibat Layli va Majnun haqidagi boqiy afsonaga asos boʻlgani aytiladi[4][5].
Nasab
[tahrir | manbasini tahrirlash]10-asr Abbosiy tarixchisi, Kitob al-Agʻoniy muallifi Abulfaraj Isfahoniy Qaysning nasabini quyidagicha keltiradi: Qays ibn al-Mulavvah ibn Muzahim ibn ʿUdas ibn Rabiʿah ibn Jaʿdah ibn Kaʿb ibn Rabiʿah ibn ʿAmir ibn Saʿsaʿah — Banu Amir qabilasidan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Harb, Lara. Arabic Poetics: Aesthetic Experience in Classical Arabic Literature. Cambridge University Press, May 14, 2020 — 142-bet. ISBN 9781108490214. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
- 1 2 „'Chronicles of Majnun Layla & Selected Poems': A Different Kind of Crazy“. arablit.org (2014-yil 4-noyabr). — „At its core, “Majnun Layla” tells the tale of two star-crossed lovers, Layla and Qays. The legend presents itself as a history of the real Umayyad poet Qays ibn Mulawwah, who is obsessed with his beautiful cousin Layla.“. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
- ↑ Hasson, Michal (2018-08-31). "Crazy in Love: The Story of Laila and Majnun in Early Modern South Asia". Harvard University, Graduate School of Arts & Sciences: 32. https://dash.harvard.edu/entities/publication/15ebe3bf-d7d4-40f8-b917-aa467bfeb23e. Qaraldi: 24 March 2025.Qays ibn al-Mullavvah]]
- ↑ Al-A’māl al-Shiʿriyyah [Poetic Works]. 2 vols. Beirut: Al-Muʾassasa al-ʿArabiyya lil-Dirāsāt wa-l-Nashr, 2000. 2: 181–254.
- ↑ Haddad, Qassim. Chronicles of Majnun Layla and Selected Poems. Syracuse University Press, September 24, 2014. ISBN 9780815652885.
- ↑ Watson, Alasdair. "From Qays to Majnun: the evolution of a legend fromʿUdhri roots to Sufi allegory". University of Oxford: 2. https://www.slv.vic.gov.au/sites/default/files/La-Trobe-Journal-91-Alasdair-Watson.pdf. Qaraldi: 25 March 2025.Qays ibn al-Mullavvah]]