Kontent qismiga oʻtish

Qays ibn al-Haysam as-Sulamiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qays ibn al-Haysam as-Sulamiy
arabcha: قيس بن الهيثم السلمي
Nishopur hokimi oʻrinbosari
Mansab davri
649/650 – 656
Hukmdor Usmon
Xuroson hokimi oʻrinbosari
Mansab davri
656
Hukmdor Usmon (h. 644–656)
Vorisi Abdulloh ibn Xozim
Xuroson hokimi oʻrinbosari
Mansab davri
661
Hukmdor Muoviya I (h. 661–680)
Vorisi Abdulloh ibn Xozim
Marvirud hokimi oʻrinbosari
Mansab davri
665
Hukmdor Muoviya I
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 684-yildan keyin
Munosabatlari Banu Sulaym (qabila)
Bolalari Shabib ibn Qays

Qays ibn al-Haysham as-Sulamiy (arabcha: قيس بن الهيثم السلمي‎) (fl. 649 – 684) – arab sarkardasi, Roshidun, Umaviylar xalifalar va Zubayriylarga xizmat koʻrsatgan. Xalifa Usmon (h. 644–656) va Muoviya I (h. 661–680) hukmronligi davrida Xuroson viloyati, Nishopur va Marvirud shaharlarida hokim oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan. Qays ibn al-Haysam Basrada yashovchi taniqli arab oilasi aʼzosi boʻlgan.

Qays ibn al-Haysam Banu Sulaym qabilasining Qays–Mudar boʻlimidan edi[1]. Ularning oilasi Basrada[2] yashovchi mashhur oilalardan edi[1]. Toʻliq ismi – Qays ibn al-Haysam ibn Qays ibn as-Salt ibn Habib[2] yoki Qays ibn al-Haysam ibn Asmo ibn as-Salt [1]. VIII asr tarixchisi Sayf ibn Umar Qaysning ukasi Amrni 634-yilda musulmonlar tomonidan Iroqni bosib olishga qaratilgan yurishlarda qatnashgan deya taʼkidlagan, biroq tarixchi Xolid Yahyo Blankinship ushbu maʼlumotni toʻgʻri deb hisoblamaydi[2]. Balozuriyning yozishicha, Qaysning amakisi Osim ibn Qays ibn as-Salt Abu Muso al-Ashʼariy Ahvoz viloyatidagi Manazir shahri hokimi etib tayinlangan. Bu hudud 638-yilda Rabiy ibn Ziyod al-Horisiy tomonidan sosoniylardan tortib olingan[3].