Qayrat Abdrahmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayrat Abdrahmanov
qozoqcha: Қайрат Құдайбергенұлы Абдрахманов
 YeXHTning ozchiliklar boʻyicha Oliy komissari
Prezident Nursulton Nazarboyev, Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Zannier Lamberto Zannier
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1964-yil 21-aprel
Jarkent, Olmaota viloyati
Siyosiy partiyasi Amanat partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Abdraxmanova Mayra Kabiqizi
Bolalari Temirjan Qayratovli, Aynur Qayratovna
Otasi Qudaybergen Abdraxmanuli
Taʼlim Qozoq milliy universiteti
Kasbi Favqulodda va Muxtor elchi
Ilmiy unvoni Tarixchi
Mukofotlari Parasat ordeni

Qayrat Xudoybergenuli Abdrahmanov (1964-yil 21-aprel, Jarkent, Olmaota viloyati, Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi sobiq tashqi ishlar vaziri.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1964-yil 21-aprelda Olmaota viloyati Jarkent shahrida tugʻilgan. 1987-yili Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetini tamomlagan (oʻsha paytda M. S. Kirov nomidagi Qozoq Milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

  • 1987-1991-yillarda Kanish Satbayev nomidagi Qozoq Milliy texnika universiteti Siyosiy tarix kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
  • 1991-1993-yillarda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida aspiranturada tahsil olgan.
  • 1993-1997-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi va uchinchi darajali kotibi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
  • 1997-yilda Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo davlatlari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
  • 1998-1999-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 3-departamenti direktori lavozimida ishlagan.
  • 1999-2001-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
  • 2001-2003-yillarda Qozog‘istonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida elchi yordamchisi lavozimida ishlagan.
  • 2003-yilda Qozogʻiston Respublikasining Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.
  • 2006-2007-yillarda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
  • 2007-2008-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.[1]
  • 2008-2011-yillarda Qozog‘iston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
  • 2013-yil 26-noyabrda Qozog‘iston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimini egalladi.
  • 2016-yil 26-dekabrda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan.
  • 2019-2020-yillar Qozog‘iston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
  • 2020-yil 4-dekabrdan YeXHTning ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari lavozimida ishlab kelmoqda.[2]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Sana Mukofot
Qozogʻiston "Hurmat" ordeni
Qozogʻiston Parasat ordeni
Qozogʻiston 2001 „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi“ medali
Qozogʻiston 2005 Qozogʻiston Konstitutsiyasining 20 yilligi medali
Qozogʻiston 2005 Qozogʻiston parlamentiga 20 yillik medal
Qozogʻiston 2018 Ostonaning 20 yilligi medali

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Указ Главы государства“. akorda.kz (20 августа 2007). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
  2. „Кайрат Абдрахманов стал Верховным комиссаром ОБСЕ по делам нацменьшинств“. 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]