Qayragʻochdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qayragʻochdoshlarikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalardan iborat. Barglari oddiy, tishli, asimmetrik, navbatlashib oʻrnashgan. Gullari ikki yoki bir jinsli, qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan, baʼzan yakkayakka joylashgan. Gulqoʻrgʻoni oddiy, 3—8 bargchali. Mevasi qanotcha, yongʻoqcha yoki danakcha. Q. 13 turkum (140 tur)dan iborat. Har ikkala yarim sharda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumi (10 turi) uchraydi, shundan 9 turi ekiladi. Sadaqayragʻoch, gʻujum qayragʻoch, burj yoki Oʻzbekiston qayragʻochi, poʻkak qayragʻoch va qatrangʻining ahamiyati katta.