Qayqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayqi
ruscha: Кайки
Shaharcha
41°03′29″N 72°01′14″E / 41.05806°N 72.02056°E / 41.05806; 72.02056 G OKoordinatalari: 41°03′29″N 72°01′14″E / 41.05806°N 72.02056°E / 41.05806; 72.02056 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Uchqoʻrgʻon tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qayqi ruscha: Кайки xaritada
Qayqi ruscha: Кайки
Qayqi
ruscha: Кайки

Qayqi (ruscha: Кайки) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].

Qayqi qishlogʻida 4 ta maktab boʻlib (9-maktab, 8-maktab, 45-maktab) shundan bittasi fizika va matematika fanlari boʻyicha ixtisoslashgan 38-sonli Davat Ixtisoslashgan Umumtaʼlim Maktabi faoliyat koʻrsatmoqda. Qishloqda 6 ta davlat Maktabgacha taʼlim muassasasi va 2 ta xususiy bogʻcha bor. Qishloqda 2 ta Qishloq oilaviy poliklinikasi va 2 ta tez tibbiy yordam boʻlimi bor.

Mahallalari: Fayziobod MFY Norin MFY Navbahor MFY Uzun-koʻcha MFY Sholdirama MFY Istiqlol MFY

Aholisi. 40 mingdan ziyod.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan paxta va gʻalla ekiladi. Qishloq aholisi tomonidan oʻz tomorqalarida qulupnay mevasini yetishtirishadi. Qolaversa kartoshka, piyoz, makkajoʻxori, kungaboqar pistasi, mosh, loviya va beda kabi madaniy oʻsimlik turlari koʻp ekiladi. Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring ekinlari bozor rastalariga chiqariladi. Qoramolchilik, qoʻychilik va parrandachilik ham yaxshi rivojlangan. Pillachilik ham ancha yaxshi rivojlangan. Tabiati. Qishloqdan Norin daryosi oqib oʻtgan. Koʻplab shifobaxsh oʻsimliklar : zubturum, yovvoyi gulxayri, zangori sachratqi kabi oʻsimliklar oʻsadi. Chiyaboʻri, tulki va dala sichqoni kabi yovvoyi hayvonlar uchraydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]