Kontent qismiga oʻtish

Qatlama

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qatlama
Turi Non
Milliy oshxona Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va turk oshxonasi
Kelib chiqishi Markaziy Osiyo
Asosiy komponentlari Xamir

Qatlama – oddiy xamirdan yupqa yoyib, yogʻda pishiriladigan taom. Boshqa shu kabi pishiriqlardan qatlamligi bilan ajralib turadi.

Qatlama tayyorlash uchun suv va tuz qoʻshib oddiy xamir qoriladi, kattaroq zuvalalar uzib, oʻrab, 10-12 daqiqa tindirib qoʻyiladi. Soʻngra har bir zuvala oʻqlogʻi bilan yupqa (1–2 mm) qilib yoyiladi va yoymaga qaymoq yoki sariyogʻ, maska yogʻi, eritilgan qoʻy yogʻidan surtilib, ruletsimon oʻraladi, undan 5-6 sm li boʻlaklar kesiladi. Boʻlaklar joʻvada alohida-alohida 0,5-1 sm qalinlikda yoyiladi, qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yogʻ surtib, avval bir tomoni, soʻngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Baʼzan pishgan qatlamaning yuziga taʼbga koʻra shakar yoki qand upasi sepiladi[1].

  1. „Qatlama“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.