Qasddan odam o'ldirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qasddan odam oʻldirish— hayotga qarshi jinoyatlar (shaxsning hayoti, sogʻligʻi, jinsiy erkinligi, ozodligi, shaʼni va qadr-qimmati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari hamda oila, yoshlar va voyaga yetmaganlarning manfaatlarini muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi OʻzR JKda belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishlar) turkumiga kirib, qasd yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish natijasida boshqa shaxsni hayotddan mahrum qilish tushuniladi. Ushbu jinoyat O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi[1]ning 97-moddasida oʻz aksini topgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odam oʻldirish — moddiy tarkibli jinoyat. U inson organizmida qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlar, yaʼni biologik oʻlim boshlangan paytdan eʼtiboran tugallangan hisoblanadi. Odam oʻldirish jinoyatining jinoiy-huquqiy xususiyatini baholashda „huquqqa xiloflik“ zaruriy belgi hisoblanadi. Qasddan odam oʻldirish jinoyat tarkibini tashkil etish uchun, boshqa shaxs hayotidan huquqqa xilof ravishda mahrum etishlishi lozim. Shu nuqtai nazardan har qanday sharoitda qasddan odam oʻldirish jinoyatiga huquqiy baho berishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan shaxs hayotiga tajovuz qilish hollari mavjud ekanligi va u huquqqa xilof ravishda amalga oshirilganligini aniqlash shart boʻladi. Aks holda, bu holatlar aniqlanmasa, qilmishda JKning 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar tarkibi belgilari mavjud boʻlmaydi.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qasddan odam oʻldirishni jinoyat deb topish uchun u albatta belgilan tarkibdan iborat boʻlishi lozim. Yaʼni ushbu jinoyatning — obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni mavjud boʻlishi kerak.

  • Obyekti — oʻzga shaxsning hayoti hisoblanadi. Qonun har qanday shaxsning hayotini, uning yoshi, jinsi, jismoniy holatidan qatʼiy nazar, uning hayotini jinoiy tajovuzlardan bir xilda himoya qiladi.
  • Obyektiv tomoni — oʻzga shaxsni huquqqa xilof ravishda hayotdan mahrum qilishdan iborat. Odam oʻldirish harakat bilan ham, harakatsizlik orqali ham sodir etilishi mumkin. Obyektiv tomonning zaruriy belgisi qilmish va jinoiy oqibat oʻrtasida sababiy bogʻlanishning mavjudligi hisoblanadi.
  • Subyekti — JKning 97-moddasi 1-qismi uchun 14 yosh, ikkinchi qismi uchun 13 yosh etib belgilangan.
  • Subyektiv tomoni — aybning qasd shaklida sodir etiladi va u ham toʻgʻri, ham egri qasdda ifodalanishi mumkin. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor jabrlanuvchining hayotdan mahrum etish istagida harakat qiladi, qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetadi, oʻlim yuz berishini xohlaydi (toʻgʻri qasd) yoki bunga ongli ravishda yoʻl qoʻyadi (egri qasd).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O'zR Jinoyat kodeksi“ (24-iyun 2022-yil). Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  1. Jinoyat huquqi (Maxsus qism) — OʻzR IIV Akademiyasi 2016
  2. https://lex.uz/docs/-111453 / OʻzR Jinoyat kodeksi
  3. https://lex.uz/uz/