Qarshi Davlat Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

1956 yildan eʼtiboran Qarshi Davlat Pedagogika instituti sifatida faoliyat ko‘rsatgan oliygoh 1992 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoni bilan Qarshi Davlat universitetiga aylantirildi. Hozirgi kunda universitetning kunduzgi bo‘limda 29 ta, maxsus sirtqi bo‘limida 7 ta bakalavr taʼlim yo‘nalishi hamda 13 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Universitetda talabalarning umumiy kontengenti 7817 nafar bo‘lib, shundan 6817 nafari kunduzgi bo‘limda (shundan 3052 nafari yigitlar, 3785 nafari qizlar), 1000 nafari maxsus sirtqi bo‘limda, 86 nafari magistratura mutaxasisligi bo‘yicha taʼlim olmoqda. Universitetning kunduzgi bo‘limida 225 ta akademik guruh mavjud bo‘lib, 15 millat vakillari tahsil olib kelmoqdalar. Universitet tarkibida 7 ta fakultet, 28 ta kafedrada 579 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 19 nafari fan doktori, professorlar, 162 nafarini fan nomzodlari, dotsentlar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda o‘rindoshlik sifatida 32 nafar yetuk, tajribali professor-o‘qituvchilar markaziy oliy o‘quv yurtlaridan taklif etilgan. Universitetda o‘quv jarayoni Davlat taʼlim standartlari asosida, davr talabiga mos holda olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 21.02.2004 yil № 54 sonli buyrugi bilan tasdiklangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejalari asosida II-III-IV kurslarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan.