Qandli ekinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qandli Ekinlardan yoʻnaltirildi)

Qandli ekinlar, shirador ekinlar — poyasi, ildizmevalari, mevalari va urugʻlarida qand moddasi (asosan saxaroza) toʻplaydigan va sanoatda qand olish uchun ekiladigan oʻsimliklar. Shakarqamish, qand lavlagi (1 ga maydondan 100 s gacha qand olish mumkin), shirin joʻxori, makkajoʻxori, topshambur, shirin palma va boshqalar koʻp miqdorda qand moddasi toʻplovchi ekinlardir. Bundan tashqari, tarvuz, qovun (tarkibida 14— 16% saxaroza bor), steviya oʻsimligidan ham qand olinadi.