Kontent qismiga oʻtish

Qandahor universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qandahor universiteti
Xalqaro nomi
Kandahar University
Turi Davlat universiteti
Asos solingan sanasi 1990[1]
Rektori Shayx Mavlaviy Abdulrahmon Toyyib
Talabalari 9,000
Joylashuvi ,
Veb-sayti kdru.edu.af

Kandahar universiteti (KDRU; dariycha: دانشگاه قندهار; pashto: کندهار پوهنتون[2]) — Afgʻonistonning Qandahor shahrida joylashgan yirik davlat universiteti. U 1990-yilda Muhammad Najibulloh prezidentligi davrida tashkil etilgan[1]. Universitetning hozirgi rektori Shayx Mavlaviy Abdulrahmon Toyyib[3].

Soʻnggi oʻn yilliklarda Afgʻoniston Oliy ta’lim vazirligi tomonidan universitet kengaytirilib, koʻplab yangi binolar va infratuzilmalar barpo etilgan. Universitetda katta kutubxona va koʻp maqsadli sport maydoni mavjud. Shuningdek, universitet kampusida 25 million afgʻoniy qiymatidagi obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari qurilmoqda hamda hududning umumiy landshafti yaxshilanmoqda[4]. 2025-yilda Haybatulloh Oxundzoda universitetga tashrif buyurib, talabalar va xodimlar oldida nutq soʻzlagan[5].

  • Kompyuter fanlari
  • Iqtisodiyot
  • Ta’lim
  • Muhandislik
  • Jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar
  • Til va adabiyot
  • Huquq va siyosatshunoslik
  • Jamoat salomatligi magistratura dasturi
  • Tibbiyot
  • Farmatevstika
  • Davlat boshqaruvi va siyosat
  • Shariat huquqi
  1. 1,0 1,1 „Kandahar University provides look into bright future of Afghanistan“. Defense Visual Information Distribution Service (2013-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  2. „Home | KDRU“. kdru.edu.af. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  3. „Most problems solved except hostel: Kandahar varsity students“. Pajhwok Afghan News (2024-yil 12-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-dekabr.
  4. Work of development project in Kandahar University starts YouTubeda, Ariana News, February 1, 2024
  5. „IEA supreme leader advises students to pursue religious and modern education“. Ariana News (2025-yil 13-fevral). Qaraldi: 2025-yil 26-dekabr.