Qandagʻoch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qandag‘ochdan yoʻnaltirildi)

Qandagʻoch — qayindoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxt va butalar turkumi. Asosan, Shimoliy yarim sharda 50 ga yaqin turi maʼlum. Yevrosiyo, Shimoliy Amerikada hamda Janubiy Amerika togʻlarida tarqalgan. Q.ning qora Q., kulrang yoki oq Q., sibir Q.i, yumshoq tukli, kavkazda oʻsadigan noyobsoʻgalli Q. yuraksimoi Q. hamda manzarali qizil Q. turlari koʻp uchraydi. Muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qora Q.ning boʻyi 25 (30—35) m. Shoxshabbasi yaxshi, rivojlashai. Poʻstlogʻi toʻq mallarang, gʻadirbudir. Barglari dumaloq. Bir uyli, chetdan changlanadi. Birinchi 20—30 yilda tez oʻsadi. 30—40 yoshidan mevalaydi. Yogʻochi pishiq, qayishqoq. 100—300 yil yashaydi. Qora Q yuqori mahsuddor sof (yoki oq qayin, qoraqaragʻay, qayragʻoch va bilan aralash) koʻchatlar beradigan qimmatli oʻrmon hosil qiluvchi tur. Q.ning barcha turlaridan koʻkalamzorlashtirish, sogʻlomlashtirish, bogʻlar, xiyobonlar tashkil qilish va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi. Yogʻochi mebelsozlik, tokarlik sanoatida, oʻymakorlikda, faner ishlab chiqarishda ishlatiladi, mustahkamligi (chirimasligi) tufayli gidrotexnik inshootlar qurilishida qoʻllanadi. Poʻstlogʻidan teri oshlashda (16% gacha tannin moddasi bor) va boʻyoq olishda foydalaniladi. Urugʻidan, ildiz bachkisidan koʻpayadi.