Qambar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qambar — qorakoʻl teri turi (guruhi). Rangi och kulrang, oʻrta va toʻq malla. Ular orasida malla (shuturi — tuyarang) tusi qimmatli hisoblanadi. Gullari yirik, jun qoplami siyrak va dagʻalroq. Q. terilar guruhi gullarining shakli, kengligi, uzunligiga, terining yupqaqalinligiga koʻra qalamgul, qovurgʻasimon, yassigul, oʻsiqgul kabi navlarga boʻlinadi.