Qaldirgʻoch namunali sirk truppasi
"Қалдирғоч" намунали цирк труппаси Тошкент вилояти Янгийўл тумани | |
---|---|
Address | |
Xudoyberganov koʻchasi Oʻzbekiston Yangiyoʻl, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani, | |
Maʼlumot | |
Type | Sirk |
Asos solingan sanasi | 1981 |
Asoschi | Darvishbek Rahmonov |
Direktor | Darvishbek Rahmonov |
"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida joylashgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi 1981 yili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani madaniyat boʻlimi qoshida tuzilgan. Sirk jamoasi Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolibi[1], 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan[2]. Truppaning badiiy rahbari Darvishbek polvon Rahmonov Toʻlqin Obidovning 1979 yili nashr etilgan „Oʻzbek polvonlari“ kitobida maʼlumotlar va rasmi chiqqan. S.Gʻoyipova, Y.Tojiboyev, U.Mustafoning 2002 yilda nashr etilgan „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ kitobida 68 betda, muqovada va boshqa betlarda „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining va Darvishbek Rahmonovning oltita rangli fotosurʼatlari chiqqan. Bundan tashqari, „Qaldirgʻoch“ namunali sirk truppasi toʻgʻrisida yuzdan ortiq maqolalar gazeta va jurnallarda chiqqan, Oʻzbekiston televideniesi orqali oʻnlab telekoʻrsatuvlarda chiqishlari namoyish etilgan.
Shu davr mobaynida „Qaldirgʻoch“ koʻp marta chet ellarda ijodiy safarlarda boʻlgan. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan har bir bayram tadbirlarida „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasi faol qatnashib keladi. Ustoz ishonchini oqlab Darvishbek polvon rahbarlik qilayotgan namunali sirk jamoasidan 34 yil ichida koʻplab shogirdlari, jonglyorlari, akrobatlari, ekvilibristlari, koʻz bogʻlovchilari, pantomimchilari, qiziqchi-masxarabozlari, dorbozlari va „Qaldirgʻoch“ sirk truppasining boshqa sobiq shogirdlari Toʻychi Tojiboyev (Toʻychi Xon)[3], Zuhra Parpiyeva (Tojiboyeva)[4], Azamat Mahkamov, Baxtiyor Tojiboyev, K.Jabborova, Anvar Satarov, Aleksandr Sorokin[5].hozirgi kunda xorijiy professional sirk maydonlarida oʻz sevgan sanʼatlarini namoyish etishmoqda. Darvishbek polvon hamisha izlanishda, yangi original postanovkalarni qoʻyadi. Dasturlarida koʻchirmachilik koʻrinmaydi, chiqishlari boshqa jamoalardan farq qiladi, ular ijro etgan tomoshalar boshqa guruhlarda qaytarilmaydi.
Truppaning badiiy rahbari Darvishbek Rahmonovning Oʻzbekiston Respublikasi sanʼati va madaniyati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan Darvishbek Rahmonov "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[6]. „Tashkentskaya Pravda“ roʻznomasining 1 betida rasmi chiqan, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi Erkin Xalilov Darvishbek Rahmonovni Shuhrat medali bilan taqdirlamoqda.
Sirk sulolasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ot oʻrnini toy bosar deganlariday Darvishbek Rahmonovning farzandlari Xurshid, Xulkaroy, Umidbek, Muxsinalar „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining faol aʼzolari. Ular otasidan sirk sanʼati sirlarini oʻrganishib, bugungi kunda original sirk postanovkalarini qoʻyishmoqda[7]. Oʻgʻli Umidbek yoshligidan sirkka qiziqib, besh yoshida jahonda eng yosh narvon ekvilibristi boʻlgan. U 6 yoshida respublika televizion tanlovining gʻolibi boʻlgan. Shuning uchun Rahmonovlar sirk sulolasidir.
Olgan mukofotlari va sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shuhrat medali Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan.
- Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori.
- 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati.
- Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolib, 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Toʻlqin Obidov „Oʻzbek polvonlari“ 1979 yil, Toshkent shahri, 37, 53 betlar.
- S.Gʻoyipova, I.Tojiboyev, U.Mustafo „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ 2002 yil, Yangiyoʻl, muqovasi, 68 bet.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Festival sirkovogo iskusstva[sayt ishlamaydi]
- ↑ Kollektivu 30 let
- ↑ Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“, archived from the original on 2015-12-27, https://archive.today/20151227115855/http://www.bigcirc.ru/main/premera-czirkovogo-spektaklya-zak-li-natel, qaraldi: 2015-03-25Qaldirgʻoch namunali sirk truppasi]]
- ↑ Tuychi Xan — Tadjibayev Tuychibay Madaminovich, archived from the original on 2016-03-13, https://web.archive.org/web/20160313211620/http://magicpedia.ru/magicians/tabid/435/articleType/ArticleView/articleId/258/----1965.aspx, qaraldi: 2015-03-25Qaldirgʻoch namunali sirk truppasi]]
- ↑ Na arene „Lastochka“, archived from the original on 2016-03-02, https://archive.today/20160302083424/http://www.pv.uz/today/12.08.10, qaraldi: 2015-03-25Qaldirgʻoch namunali sirk truppasi]]
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan
- ↑ Ostonasi oltin deyman uyimni, archived from the original on 2016-02-19, https://archive.today/20160219152919/http://soglom.uz/gazeta-sonlari/46-2012-40/308-ostonasi-oltin-deyman-uyimni.html, qaraldi: 2015-03-25Qaldirgʻoch namunali sirk truppasi]]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Kollektivu 30 let
- Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan
- Ostonasi oltin deyman uyimni Arxivlandi 2016-02-19 at Archive.is[[]]
- Na arene „Lastochka“ Arxivlandi 2016-03-02 at Archive.is[[]]
- Festival sirkovogo iskusstva[sayt ishlamaydi]
- Festival kanatoxodsev i masterov sirka[sayt ishlamaydi]
- Qaldirgʻoch qanot yoymoqda Arxivlandi 2016-02-09 at Archive.is[[]]
- Ix stsena — arena Arxivlandi 2015-11-14 at Archive.is[[]]
- Chet elliklar hayratda Arxivlandi 2015-11-14 at Archive.is[[]]
- Aktyorskaya dinastiya Arxivlandi 2015-02-03 at Archive.is[[]]
- Oni stoyali u istokov Arxivlandi 2015-02-03 at Archive.is[[]]
- Tsentraziya Personi Arxivlandi 2016-01-05 Wayback Machine saytida.
- Biografii znamenitostey
- Tuychi Xan — Tadjibayev Tuychibay Madaminovich Arxivlandi 2016-03-13 Wayback Machine saytida.
- Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“ Arxivlandi 2015-12-27 at Archive.is[[]]
- Bolshoy Moskovskiy sirk predstavil vostochnuyu skazku „Zak-Li-Natel“
- Pro Zak-li-natelya. Retsenziya
- "Karnaval chudes" Tuychi-Xana Arxivlandi 2011-09-16 Wayback Machine saytida.
- Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 1 Arxivlandi 2015-02-03 Wayback Machine saytida.
- Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 2 Arxivlandi 2015-02-03 Wayback Machine saytida.
- Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 3 Arxivlandi 2015-02-03 Wayback Machine saytida.
- Video Tuychi Xan. Chudesa eskapizma Arxivlandi 2016-03-04 Wayback Machine saytida.
- Video "Tuychi Xan, nomer „Illyuzionnie shutki“[sayt ishlamaydi]
- Video "Tuychi Xan v peredache „Istorii v detalyax“[sayt ishlamaydi]