Kontent qismiga oʻtish

Qalandar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qalandar (arabcha: قلندر — dunyo tashvishlaridan kechib, daydib yuruvchi darvesh) — 1) tarki dunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan odam, sufiy; tasavvuf yoʻliga kirib, darbadarlik va xayr-ehson bilan kun kechiruvchi kishi.

"Q" istilohi sufiylarning asarlarida zikru samoʼ orqali Allohga ruhan yaqinlashib, fakru fanoga va haqiqatga erishish maqsadida oʻz jismini va qalbini poklashga intilgan darvishlarga nisbatan qoʻllangan. Q muayyan jamoa (suluk)ga birlashib, uning taʼlimotini targʻib etgan, oʻz murshidi (shayx, eshon yoki pir)ning koʻrsatmalarini bajarishi shart hisoblangan. 2) Xiva xonligida saroy xizmatchilari. Xon tantana bilan safarga chiqqan vaqtlarida, serhasham janda kiygan qalandarlar marosimning oldida piyoda borishgan. Xon qalandarxona yonidan oʻtib qolsa, qalandarlar pirining madhini eshitmoq uchun albatta toʻxtashgan. Xonni maqtagan, safarga chiqishda unga tantanali tus bergan. Saroyda 10—22 Q. boʻlgan.

Oʻrta Osiyoda qalandarlarning faoliyati bilan bogʻliq qalandarxona va xonaqohlar mavjud boʻlgan. Qalandarlar Sharqdagi musulmon davlatlarida, jumladan, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir ham bor.