Kontent qismiga oʻtish

Qahramon Tumal

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qahramon Tumal
ثمل القهرمانة
Abbosiylar davridagi Mazalim sudi qozisi
Mansab davri
918 – 928/929
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi tax. 890s yoki 900-yillar
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi (hozirgi Iroq)
Vafoti taxminan 929
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Oʻlim sababi kasallik
Istiqomat joy(lar)i Bagʻdod

Qahramon Tumol (arabcha: ثمل القهرمانة‎) (929-yilda vafot etgan) 918-yilda xalifa al-Muqtadir (h. 908–932) hukmronligi davrida mazalim sudiga hakam sifatida tayinlangan musulmon ayol. Shariat qonunlari emas, balki dunyoviy qonunlar bilan shugʻullangan[1]. Sudga murojaat qilgan kishilarning arizalarini qayta yozish va rasmiylashtirish ishlariga mas’ul boʻlgan. Bu lavozimda ayol kishi faoliyat yuritishi oʻsha davrda juda gʻayrioddiy edi. Ushbu lavozimga xalifa Jaʼfar al-Muqtadir billohning onasi Ummu Jaʼfar Muqtadir tomonidan tayinlangan.

Tumol asli xalifa al-Muqtadirning onasi Shagʻobning yordamchisi boʻlgan.

Shagʻob oʻgʻlining taxt vorisi etib tayinlanishida muhim rol oʻynadi, shundan keyin esa amalda hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi va davlat ishlarini yuritish uchun muqobil byurokratik tizimni tashkil etdi. 918-yilda Shagʻob Tumolni mazalim boshligʻi, amalda adliya vaziri va qozilar ustidan nazoratchi lavozimiga tayinladi. Qozilar bunday ishlarning ayol kishi tomonidan nazorat qilinishiga qarshi chiqishdi, biroq bu tayinlovni qabul qilishga majbur boʻlishdi[2].

Tarixchi Tabariyning soʻzlariga koʻra, Tumol oʻz vazifalarini juda yaxshi bajargani sababli jamoatchilik orasida, ayniqsa, daʼvogarlar uchun sud ishini boshlash xarajatlarini kamaytirgan islohotlari tufayli mashhurlikka erishgan. Biroq uning ushbu lavozimga tayinlanishi musulmon tarixchilari, xususan, Ibn Hazm tomonidan, „shu kungacha misli koʻrilmagan mojaro va sharmandaliklardan biri“ sifatida tasvirlangan[3].

  1. See Karen Bauer, 'Debates on Womenʼs Status as Judges and Witnesses in Post-Formative Islamic Law,' Journal of the American Oriental Society, 130.1 (2010), 1-21.
  2. Mernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). Mernessi_The-Forgotten-Queens-of-Islam-EN.pdf The forgotten queens of Islam[sayt ishlamaydi]. Oxford University Press. ISBN 978-0-19-579868-5.
  3. Mernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). Mernessi_The-Forgotten-Queens-of-Islam-EN.pdf The forgotten queens of Islam[sayt ishlamaydi]. Oxford University Press. ISBN 978-0-19-579868-5.