Mulla Abdulqahhor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qahhorbekdan yoʻnaltirildi)
Mulla Abdulqahhor
Tavalludi 1884-yil
Vafoti 1924-yil

Mulla Abdulqahhor, Qahhorbek (1884, Gʻijduvon tumanidagi Saidkent qishlogʻi — 1924, Qizilqum) — Buxoroda Qizil armiyaga qarshi harakat rahbarlaridan biri, yirik ulamo. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Buxoro bosqinidan soʻng, sobiq hukmdor Sayd Olimxonning farmoni bilan Mulla Abdulqahhor Gʻarbiy Buxorodagi 15000 nafar askarga Bosh qoʻmondon qilib tayinlandi (1920-yil kuzi). Uning rahbarligida Buxoro, Karmana, Nurotadagi 20 dan ortiq qoʻrboshi guruxlari birlashtirildi.

1921-yilda Mulla Abdulqahhor Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitanda oʻz hokimiyatini oʻrnatgach, Nurota viloyatiga yurish qildi. Oʻz qarorgohini Nurotada joylashtirgach, bu yerdan atrof tumanlarga vakillarini joʻnatib, aholini qizil askarlarga qarshi kurashga koʻtardi. Sayd Olimxonning yozishicha, bu paytda uning qoʻl ostida 25000 yigit toʻplangan. Mulla Abdulqahhor Buxoroga yurish qilib uning bir kismini egalladi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohini qizil askarlardan ozod qildi (1922-yil mart). Biroq, Turkiston fronti jangchilari, Zakaspiydan yetib kelgan S. M. Budyonniynnng otliqarmi-yasi va qizil askarlarning boshqa kuchlari Mulla Abdulqahhor qoʻshinini Buxorodan siqib chiqardi. Bu magʻlubiyatdan soʻng u 1923— 24-yillarda oʻz harakatlarini Karmana va Nurota viloyatlarida yana faollashtirdi. Mulla Abdulqahhor bilan Ibrohimbek va Sayd Olimxon oʻrtasida doimiy aloqalar boʻlgan. Mulla Abdulqahhor va Sayd Aʼzam Xoʻja imzolari bilan „Buxoro, Turkiston va Kavkazning barcha musulmonlariga“ murojaatnoma chiqariltan (1924-yil mart). Kizil askarlar bilan boʻlgan toʻqnashuvlarning birida (1924.21.6) u ogʻiryarador boʻldi va magʻlubiyatga uchradi. 1924-yil yozi va kuzida Gʻijduvon tumanining Gʻishti va Katta Gʻamxoʻr qishlokdarida, Nurota togʻlarida, Shofirkon tumaniga tutash Kizilqumning Jilvon qumliklarida qattiq toʻqnashuvlar boʻldi. Kizilqumda boʻlgan ana shunday janglarning birida Mulla Abdulqahhor halok boʻldi[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiyeton sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil