Kontent qismiga oʻtish

Qadariylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadariylar — islomdagi ilk ilohiyot oqimlaridan biri tarafdorlari. Taqdir va iroda erkinligi masalasida jabariylar taʼlimotiga qarshi boʻlib, inson oʻz xattiharakatining yaratuvchisi (xoliqi) deb tushuntiradilar. Qadariylar odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikrga borib, gunohni xudo oldindan belgilab qoʻymaydi, xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bogʻliq, degan xulosaga keladilar. Qadariylar siyosiy jihatdan umaviylar xonadonidan boʻlgan xalifalar hokimiyatiga qarshi turardilar. Ularning taʼlimotini VIII asr oxirlaridan muʼtaziliylar izchil davom ettirdilar. Lekin, muʼtaziliylar oʻzlariga nisbatan bu atama — Qadariylar atamasi ishlatilishini xohlamasdilar. Manbalarda Qadariylarning yirik vakillari sifatida quyidagilar zikr etiladi: Maʼbad alJuhaniy (699—700 yoki 703—704 yillarda oʻldirilgan), Gʻaylon adDimashqiy (742 yil oʻldirilgan),

  • Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.