Qadamboy Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qadamboy Sultonov
 Oʻzbеkistоnning Latviyadagi elchisi
 
Mansab davri
2019-yildan – 2024-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Afzal Ortiqov
Vorisi Timur Rahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-dekabr 1976-yil (1976-12-03) (47 yosh)
Xorazm

Qadamboy Sharipovich Sultonov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekistonning Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyadagi elchisi[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ish boshlagan.

2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi ishlar byurosining attashesi va uchinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.

2006—2010-yillarda Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida attashe, soʻngra 3-kotib lavozimlarida ishlagan.

2010-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi boʻlimi kotibi lavozimida ishlagan.

2010-2013 — Tashqi siyosatni oʻrganish tahlil markazi direktorining oʻrinbosari.

2013-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining AQSh va Amerika mamlaklatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2017-2019 — Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi.

2019-yildan 2024-yilgacha — Oʻzbekistonning Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyadagi elchisi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]