Pyotr Gizimchuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pyotr Gizimchuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pyotr Petrovich Gizimchuk
Tavallud sanasi 19-iyul 1967-yil (1967-07-19) (56 yosh)
Tavallud joyi Guliston, Sirdaryo viloyati
Boʻyi 191 cm (6 ft 3 in)
Ampluasi Darvozabon
Raqami Darvozabonlar murabbiyi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1986 Sovet Ittifoqi Yangiyer 24 (0)
1987 Sovet Ittifoqi Yoshlik 1 (0)
1988 Sovet Ittifoqi Yangiyer 29 (0)
1989 Sovet Ittifoqi SKA (Angren) 36 (0)
1990 Sovet Ittifoqi Yangiyer 28 (0)
1991 Sovet Ittifoqi Torpedo Armavir 11 (0)
1991 Sovet Ittifoqi Umid 11 (0)
1992 Oʻzbekiston Navbahor 4 (0)
1992   Oʻzbekiston Shifokor 12 (0)
1993 Oʻzbekiston Binokor 23 (0)
1994—1995 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 30 (0)
1995—1996 Oʻzbekiston Navroʻz 33 (0)
1997 Oʻzbekiston Zarafshon 15 (0)
1997   Oʻzbekiston Andijon 7 (0)
1998—1999 Oʻzbekiston Zarafshon 33 (0)
1999   Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 17 (0)
2000—2003 Oʻzbekiston Nasaf 82 (0)
2004 Oʻzbekiston Qizilqum 2 (0)
2004   Oʻzbekiston Mashʼal 4 (0)
2005 Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 13 (0)
Boshqargan klublari
2006 Oʻzbekiston Oʻzbekiston D.r murabbiy
2006 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 (olimp.)
2006—2007 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2008—2014 Oʻzbekiston Olmaliq
2009—2010 Oʻzbekiston Oʻzbekiston
2015—2016 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2015—2016 Oʻzbekiston Oʻzbekiston
2018—2021 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2021 Oʻzbekiston OKMK U21
2021—2022 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Pyotr Petrovich Gizimchuk (rus. Pyotr Petrovich Gizimchuk; 1967-yil 19-iyul, Guliston, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet, keyinroq oʻzbek futbolchisi[1], darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Murabbiy sifatida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida uzoq muddat darvozabonlari murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston pedagogika institutini tamomlagan. Professional faoliyatini 1984-yilda Yangiyer klubi tarkibida boshlagan. Asosan Oʻzbekiston SSR futbol klublarida, keyinchalik Oʻzbekiston futbol klublarida oʻynagan. 1991-yilda bir muddat Armavirning „Torpedo“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatining eng yaxshi yillarini Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻtkazgan. Futbolchilik faoliyatini 2005-yilda „Samarqand Dinamo“ jamoasi tarkibida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Oʻsha yili Oʻzbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarida darvozabonlar murabbiyi lavozimida ishlagan. 2006—2007-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida ham xuddi shunday lavozimda ishlagan. 2008-yilda Olmaliq klubi murabbiylar shtabida ishlagan. 2009-yilda yana Oʻzbekiston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi lavozimida ishlagan.

2015-yildan Toshkentning „Lokomotiv“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlari murabbiyi sifatida faoliyat olib bora boshlagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]