Pyotr Bagration

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bagration Petr Ivanovich (1765— 1812) — knyaz, rus sarkardasi, infanteriya generali (1809), 1812-yilgi Fransiya-Rossiya urushi qahramoni. A. V. Suvorovnnng Italiya va Shveysariyaga qilgan yurishlari, Fransiya, Shvesiya va Turkiya bilan boʻlgan urushlar qatnashchisi (1809—10-yillarda Moldova armiyasi qoʻmondoni). 1812-yil Napoleonga qarshi urushda 2-armiya bosh qoʻmondoni. Borodino jangida ogʻir yaralanib halok boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil