Pondisheri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Puttucheridan yoʻnaltirildi)

Pondisheri, Puttucheri -Hindistondagi ittifoqdosh hudud. Maydoni 492 km². Aholisi 974 ming kishi (2001), tamil, telugu, malayalam, ingliz va fransuz tillarida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Pondisheri shahri P. chogʻroq va bir-biridan alohida joylashgan 4 ta qudud — Pondisheri, Ka-raikal, Yanai va Maxedan iborat. Relyefi — dengiz boʻyi pasttekisligi. 1670-yillardan 1954-yilgacha Fransiyaning Hindistondagi mulki boʻlgan.

Hududlarning bir-biridan uzoqda joylashganligi sababli ularni maʼmuriy boshqarish va xoʻjaligini rejalashtirish murakkab. Iqtisodiy faol axrlining 45% qishloq xoʻjaligida band. Ekin maydonining 90% sugʻoriladi. Sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda, shuningdek, kokos palma-si, shakarqamish, yer yongʻoq, paxta, tariq ekiladi. P.da 20 dan ortiq yirik (ip gazlama, shakar-kand va boshqa oziq-ovqat) korxonalari ishlab turibdi. Qogʻoz va farmatsevtika zavodlari bor. Mayda va kustar sanoati rivojlangan. Ular tarkibida metallsozlik, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud, kompyuter ishlab chiqariladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Karaikal shahrida qishloq xoʻjaligi instituti bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil