Pul fetishizmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pul fetishizmi (frans. Feticheisme, portugalcha fetico — tumor, moʻʼjiza) — pulni ilohiylashtirish, unda moʻʼjizaviy kuch bor deb karash, unga sigʻinish. Pulning tovarlik tabiatini, pul bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalarni tushunmaslik, shuningdek, iqtisodiyotda va hayotda pulning ahamiyati va oʻrnini boʻrttirib koʻrsatish Pul fetishizmini paydo etadi. Pul fetishizmi juda yashovchan, ayniqsa, pulga deyarli hamma narsa sotiladigan va sotib olinadigan, pulga egalik jamiyatda katta iqtisodiy imkoniyatlar ochib beradigan, obroʻ-eʼtiborni oshiradigan jamiyatlarda bu narsa yaqqol koʻrinadi. Jamiyatda sogʻlom iqtisodiy munosabatlar va maʼnaviyatning yuksalishi bilan Pul fetishizmi yoʻqolib boradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil