Pufakoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pufakoyoqlilar (Physopoda), po-pukli qanotlilar (Thysa-noptera), tripelar — hasharotlar turkumi. Uz. 0,5—2 (baʼzan 14) mm. Qanotlari ingichka, 2 juft, baʼzan boʻlmaydi. Qanotlarining qirrasi boʻylab mayda tuklardan iborat popuklari joylashgan. Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. 2 mingdan ortiqturi bor. Oʻsimliklarning guli, bargi, mevasida, moxlar va daraxtlar poʻstlogʻida yashaydi. Oʻsimlik shirasi bilan ozikla-nadi, baʼzi turlari yirtqich. Murak-kab metamorfoz (gipermetamorfoz) orqali rivojlanadi. Oʻsimlik toʻqimalari, gullari, barglari, qoʻltigʻiga tuxum qoʻyadi. Rivojlanishi 2—3 oy davom etadi. Bir qancha turlari qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazadi; ayrim turlari viruslar va zamburugʻ kasalliklarini oʻsimliklarga yuqtiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil