Psixasteniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Psixasteniya (psixo... va asteniya) — ruhiy zaiflik. 1) nevrozning bir xili, bunda kishi miyasi taxlikali oʻy-fiqolar bilan band boʻladi; 2) kishi harakteridagi patologik holat (ncuxopatiyanmng bir turi); oʻz-oʻziga ishonmaslik, hamma narsadan shubhalanish, vasvasa, vahimaga tushish. Bunday kishilarda jurʼatsizlik, qatʼiyatsizlik, ikkilanuvchanlik kuzatiladi. Do-imiy ishoncheizlik, qoʻrquv ularni ikkilanuvchan, oʻz qobiliyatiga ishonmaydigan, beqaror odamlarga aylanti-rib qoʻyadi. Oxiroqibat ular vahima va shubhalanuvchan boʻlib, arzimagan ru-hiy qiyinchiliklar taʼsirida miyadan ketmaydigan holatlar nevroziga duchor boʻladilar. P. asosida bosh miyadagi asosiy jarayonlar ichida birinchi signal sistemasiga (idrok etish, hissiyot) Karaganda ikkinchi signal sistemasi (fikr-mulohaza yuritish) ustun turishi I. P. Pavlov tomonidan isbotlangan. P.da miyadan ketmaydigan fiqolar yoki shilkimlik holatlari uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil