Pierre-Joseph Proudhon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Prudon Pyer Jozefdan yoʻnaltirildi)
Pierre-Joseph Proudhon, 1860

Pierre-Joseph Proudhon (1809.15.1, Bezanson — 1865.19.1, Parij) — fransuz sotsialista, anarxizm nazariyotchisi. Proudhon kommunizm dushmani boʻlgan, jamiyatni inqilobiy qayta qurish nazariyasiga qarshi chiqqan. Kommunizm gʻoyasini u "bemaʼni gʻoya", "davlatni ulugʻlash", "yovuzlik va istib-dod jamiyati", "qashshoklik dini", "qashshoklik falsa-fasi" deb bilgan. Proudhoning 2 jildli "Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki Qashshoqlik falsa-fasi" kitobi Marksning unga javob tar-zida yozgan "Falsafa qashshoqligi" asari (1847) tufayli mashhur boʻlib ketgan. Proudhon sinflarning iqtisodiy hamkorligi loyihasini va "davlatni yoʻqotish" toʻgʻrisidagi oʻz nazariyasini ilgari surgan. "Mulkka egalik nima?" asari (1840)da bu savolga "Mulkka egalik — oʻgʻirlikdir" deb javob bergan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil