Prometrin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pro-gellandan yoʻnaltirildi)

Prometrin, selektin, pro-gellan, gezagard 50 (CI6HI9N5S) — tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 50%li hoʻllanuvchi kukun. Bir yillik gʻallasimon va ikki pallali begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladi. Taʼsiri, ayniqsa, yetarli namlik va yuqori haroratda 3 oygacha davom etadi. Preparatni OVX-14 traktor agregati yordamida bahorgi boronalashdan oldin yoki urugʻlik ekilgandan soʻng, urugʻ unib chiqqunga qadar, shuningdek, ekish bilan barobar lenta usulida 25—30 sm kenglikda tuproq yuzasiga purkaladi. Sarf normasi 1,3 —2,5 kg/ga, ish suyukdigi 100—150 l/ga. Zahari kuchsiz. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil