Pranav Chopra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pranaav Chopra
Shaxsiy maʼlumoti
Taxallus(lar)i Jerry
Tugʻilgan paytidagi ismi Pranaav Jerry Chopra
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Tavalludi 6-sentyabr 1992-yil (1992-09-06) (31 yosh)
Mullanpur Dakha, Ludhiana, Hindiston
Yashash joyi Haydarobod, Hindiston
Boʻyi 1.89 m
Vazni 82 kg
Faoliyat yillari 2007
Murabbiyi Pullela Gopichand
Erkaklar & Aralash juftliklar
Eng yuqori reyting 28 (EJ 24-noyabr 2016)
13 (AJ 23-mart 2017)
Joriy reyting 33 (AJ 26-mart 2021)
Medallari va yutuqlari
Erkaklar badmintoni
Hindiston bayrogʻi Hindiston vakili
Hamdo'stlik o'yinlari
Oltin 2018 Gold Coast Aralash jamoa
Osiyo jamoaviy chempionatlari
Bronza 2016 Haydarobod Erkaklar jamoasi
Janubiy Osiyo o'yinlari
Oltin 2016 Guwahati-Shillong Aralash juftliklar
Oltin 2016 Guwahati-Shillong Aralash jamoa
Kumush 2016 Guwahati-Shillong Erkaklar juftliklari
Yoshlar Hamdo'stlik o'yinlari
Bronza 2008 Puna O'g'il bolalar juftliklari
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari
Bronza 2009 Kuala Lumpur Aralash juftliklar

Pranav Jerry Chopra (1992-yil 6-sentabrda tugʻilgan) — hindistonlik badmintonchi. U 2007-yilda Hindiston milliy badminton jamoasiga qoʻshilgan. 2018-yilda Queesnsland shtatining Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Chopra Hindiston aralash jamoasi aʼzosi sifatida ushbu toifada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Pranav sherigi bilan aralash juftliklar boʻyicha jahon reytingida Top 15 talikka kirgan hindistonlik ikkinchi badmintonchidir.

Bolaligi va dastlabki tayyorgarligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pranav 7 yoshida mashgʻulotlarni boshlagan. 13 yoshgacha boʻlgan va 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ikki marta mamlakat chempioni boʻldi. 19 yoshgachalar darajasida u bir yil ichida rekord darajadagi toʻqqizta chempionlikni qoʻlga kiritdi. U shaharda boʻlgan payti Shastri zalidagi Badminton Akademiyasida, Ludhianada mashq qilgan. Pranav South Cityda yashagan va keyinchalik Haydaroboddagi Gopichand Badminton Akademiyasiga qoʻshilgan. U kuniga sakkiz soat mashq qiladi va yakkalik oʻrniga juftlik hamda aralash juftlik oʻyinlarida oʻynashni yaxshi koʻradi. Pranavga Pullela Gopichand murabbiylik qilgan. U bir nechta milliy reyting turnirlarida medallarni qoʻlga kiritgan. Puna shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar Hamdoʻstligi oʻyinlarida Pranav bronza, Eronning Tehron shahrida boʻlib oʻtgan „Fajr Senior International Challenge Cup“ va Mumbay shahrida boʻlib oʻtgan Tata xalqaro musobaqasi hamda Shveysariyaning Bern shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shveysariya xalqaro musobaqasida u kumush medalga sazovor boʻldi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Pranav Tailandning Bandang shahrida oʻtkazilgan Milo Junior turnirida ilk xalqaro debyutini qildi[2].

2008-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pranav 2008-yilda Puna shahridagi Balewadi sport majmuasida oʻtkazilgan Yoshlar Hamdoʻstlik oʻyinlarining oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida B.Sai Praneeth bilan hamkorlikda bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].

2010-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Pranav milliy oʻyinlarda aralash juftliklar boʻyicha mamlakat chempioni boʻldi.

2011-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Bern, Shveysariyada oʻtkazilgan Shveysariya xalqaro musobaqasida Pranav erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi.

2013-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Pranav milliy oʻyinlarda erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida mamlakat chempioni boʻldi.

2014-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pranav 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida aralash jamoaviy toifasidagi bronza medali uchun oʻyinda ishtirok etdi. Hindiston aralash jamoasini 2:3 hisobida Singapur aralash jamoasi magʻlubiyatga uchratdi va natijada Hindiston aralash jamoasi bronza medalidan mahrum boʻldi[4].

2016-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Pranav oʻzining aralash juftliklar boʻyicha hamkori N.Sikki Reddi bilan Braziliya ochiq va Rossiya ochiq musobaqalarida ikkita Grand Prini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u oʻzining oʻyindagi sherigi va hind badmintonchisi Pradnya Gadrega uylandi[5].

2018-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Queenslandning Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Pranav oʻzining aralash juftlik sherigi Gadde Ruthvika Shivani bilan juftlikda Sachin Dias va Thilini Pramodika Hendahewa boshchiligidagi Shri-Lanka aralash juftlik jamoasini 21:15, 19:21, 22:20 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Hindiston aralash jamoasi oltin medal uchun kurashda peshqadamga aylandi. Nihoyat, Hindiston aralash jamoasi barcha beshta oʻyinda Shri-Lanka aralash jamoasini 5:0 hisobida magʻlub etdi va shu tariqa Pranav Hindiston aralash jamoasi aʼzosi sifatida ushbu toifadagi oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar juftliklari

Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija
2016 SAI-SAG markazining koʻp maqsadli zali,
Shillong, Hindiston
Hindiston Akshay Devalkar Hindiston Manu Attri
Hindiston B. Sumit Reddi
18-21, 17-21 Silver Kumush

Aralash juftliklar

Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija
2016 SAI-SAG markazining koʻp maqsadli zali,
Shillong, Hindiston
Hindiston N. Sikki Reddi Hindiston Manu Attri
Hindiston Ashwini Ponappa
30-29, 21-17 Gold Oltin

Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aralash juftliklar

Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija
2009 Juara stadioni,Kuala Lumpur, Malayziya Hindiston Prajakta Sawant Xitoy Lu Kay
Xitoy Bao Yixin
12-21, 15-21 Bronze Bronza

BWF World Tour (1 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour[7] Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan tasdiqlangan badminton boʻyicha bir qator elita turnirlaridan iborat. BWF World Tour olti darajaga boʻlingan, yaʼni World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tour qismi) va BWF Tour Super 100[8].

Aralash juftliklar

Yil Turnir Daraja Hamkor Raqib Hisob Natija
2018 Haydarobod ochiq turniri Super 100 Hindiston N. Sikki Reddi Indoneziya Akbar Bintang Cahyono
Indoneziya Winny Oktavina Kandow
21-15, 19-21, 23-25 2nd Ikkinchi oʻrin

BWF Grand Prisi (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

BWF Grand Prisi ikki darajaga ega: BWF Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu 2007-yildan beri Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan badminton turnirlari seriyasidir.

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2016 Syed Modi xalqaro turniri Hindiston Akshay Devalkar Malayziya Goh V Shem
Malayziya Tan Vi Kiong
21-14, 22-24, 8-21 2nd Ikkinchi oʻrin

Aralash juftliklar

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2017 Syed Modi xalqaro turniri Hindiston N. Sikki Reddi Hindiston B. Sumit Reddi
Hindiston Ashwini Ponnappa
22-20, 21-10 1st Gʻolib
2016 Shotlandiya ochiq turniri Hindiston N. Sikki Reddi Malayziya Goh Soon Huat
Malayziya Shevon Jemie Lai
21-13, 18-21, 16-21 2nd Ikkinchi oʻrin
2016 Rossiya ochiq turniri Hindiston N. Sikki Reddi Rossiya Vladimir Ivanov
Rossiya Valeriya Sorokina
21-17, 21-19 1st Gʻolib
2016 Braziliya ochiq turniri Hindiston N. Sikki Reddi Kanada Toby Ng
Kanada Rachel Honderich
21-15, 21-16 1st Gʻolib
     BWF Grand Pri Oltin turnirlari
     BWF Grand Pri turnirlari

BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2015 Tata xalqaro Hindiston ochiq turniri Hindiston Akshay Devalkar Tailand Wannawat Ampunsuwan
Tailand Tinn Isriyanate
14-21, 9-21 2nd Ikkinchi oʻrin
2015 Bangladesh xalqaro turniri Hindiston Akshay Devalkar Malayziya Tan Chee Tean
Malayziya Tan Vi Gien
21-16, 21-16 1st Gʻolib
2011 Tata xalqaro Hindiston ochiq turniri Hindiston Akshay Devalkar Hindiston KT Rupesh Kumar
Hindiston Sanave Tomas
19-21, 21-17, 23-21 1st Gʻolib
2011 Shveysariya xalqaro turniri Hindiston Akshay Devalkar Polsha Lukas Moren
Polsha Voytsex Shkudlarchik
21-17, 16-21, 12-21 2nd Ikkinchi oʻrin
2010 Iran Fajr xalqaro turniri Hindiston B. Sai Praneet Eron Ali Shahhusayniy
Eron Muhammadrizo Xeradmandi
21-17, 21-11 1st Gʻolib
     BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
     BWF xalqaro seriyasi turnirlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pranav Chopra: The next big thing in Indian Badminton“. www.timesofindia.indiatimes.com (6-mart 2013-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
  2. „Players: Pranaav Jerry Chopra“. bwfbadminton.com. Badminton World Federation. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
  3. „India on top of world“. www.dnaindia.com. Daily News and Analysis. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
  4. „Pranaav Chopra Biography“. results.glasgow2014.com. Glasgow 2014. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  5. „Men's Team - Entry List by Event“. Incheon 2014 official website. 11-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2015-yil.
  6. „CWG 2018: Kidambi Srikanth, Saina Nehwal give India winning start in Mixed Team badminton at Commonwealth Games“. www.financialexpress.com (5-fevral 2018-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
  7. „BWF Launches New Events Structure“. Badminton World Federation (29-noyabr 2017-yil).
  8. „Action-Packed Season Ahead!“. Badminton World Federation (15-yanvar 2018-yil).