Potensial oʻra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Potensial oʻra (fizikada) -fazoning chegaralangan sohasi; bu sohada zarraning potensial energiyasi sohadan tashqaridagiga nisbatan kichik boʻladi. "P.oʻ." iborasi kuch maydonidagi zarraning potensial energiyasi V ni shu zarraning fazodagi vaziyatiga (bir oʻlchovli harakatda x kordinataga bogʻliq) bogʻliqligini tasvirlaydigan grafik shaklidan kelib chiqqan (rasmga q.). Potensial oʻra tortishish kuchi maydonida hosil boʻladi. Kenglik (tortish kuchi taʼsiri namoyon boʻlgan oraliq) va chuqurlik (eng kichi.k potensial energiyaga moye keladigan oʻraning ustki chegarasidagi va pastki qismidagi zarralarning potensial energiyalari farqi). Potensial oʻraning asosiy tavsiflari hisoblanadi. Potensial oʻra ning muhim xossalaridan biri uning toʻliq energiyasi Ye oʻra chuqurligi Ko dan kichik boʻlgan zarralarning ushlab tura olish qobiliyatidir. Bunday zarralar P.oʻ. ichida bogʻlangan holatda boʻladi.

Atom elektronlarini uning yadrosi tortib turishini ifodalovchi kulon P.oʻ. muhim hodisadir. "P.oʻ." tushunchasi atom va molekulyar fizikada, shuningdek, qattiq jism va atom yadrosi fizika-sida keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil