Posangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Posangi (fors.) — 1) tarozi pallalarini tenglashtirish yoki narsa tortilayotganda idish ogʻirligini chiqarib tashlash uchun tarozining bir palla-siga qoʻyiladigan qoʻshimcha tosh yoki yukcha; 2)texnikada — mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlarini muvozanatga keltirish uchun birik-tiriladigan qoʻshimcha yukcha (metall parchasi). Mas, avtomobil gʻildiragining ravon ailanishini taʼminlash uchun unga metall parchasi biriktiriladi (qarang Muvozanatlash); 3) soat mexanizmining asosiy rostlagichi (balansir).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil