Port-said

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Port-said — Misrning shim.shar-qiy qismidagi shahar, Oʻrta dengiz sohilida, Suvaysh kanaliga shim. tomondan kiraverishda. Port-Said muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 470 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). P.-S. — xalqaro ahamiyatga ega savdotransport markazi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. P.-S.ga Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan 1859 yilda asos solingan va Misr hokimi Saidposhsho nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil