Aleksandr Popov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Popov Aleksandr Stepanovichdan yoʻnaltirildi)

Aleksandr Stepanovich Popov (1859.4.3, Sverdlov viloyati – 1905.31.12, Peterburg) – rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochisi. Elektrmagnit toʻlqinlarni amaliy maqsadlarda qoʻllash asoschilaridan biri. P. elektrmagnit toʻlqinlar kukuni detektori (Branlilodja ko-gereri)ni takomillashtirdi (1895) va uning asosida elektr signallarini simsiz uzatadigan qabul qilgich (priyomnik)ni (yaʼni radioaloqani) yaratdi. Nihoyat 1895-yil 25-aprel kuni oʻzi yaratgan radiopriyomnikni namoyish qildi. U radiotoʻlqinlarni 1897-yil ba-horida 600 m masofaga, 1897-yil yozida 5 km masofaga, 1901-yil 150 km masofaga uzatishga erishdi. P. gaz razryadlarini qayd qiladigan asbob ("yashin qayd qilgich") ni ham yaratdi (1895). Parijda 1900-yil utkazilgan xalqaro koʻrgazmada P. oltin medal bilan takdirlandi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil