Pondisheri (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pondisheri, Puttucheri -Hindistondagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻi sohilidagi port. Pondisheri ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 500 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Ip gazlama sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. P.ni 1674-yilda fransuzlar qalʼa sifatida bunyod etganlar. 1954-yilgacha Fransiyaning Hindistondagi mustamlaka yerlarining maʼmuriy markazi. Oʻsha yildan Hin-diston tarkibida.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil