Pompeyning soʻnggi kuni
| Pompeyning soʻnggi kuni | |
|---|---|
| ruscha: Последний день Помпеи | |
|
| |
| Rassom | Karl Bryullov |
| Yil | 1830–1833-yillar |
| Material | Moyli bo‘yoq |
| Oʻlchami | 456.5 sm × 651 sm (30,590 in × 43,600 in) |
| Joylashuvi | Rus davlat muzeyi, Sankt-Peterburg |
| Roʻyxatga kiritilgan raqami | J-5084 |
Pompeyning soʻnggi kuni – Karl Bryullov tomonidan 1830–1833-yillar oraligʻida chizilgan yirik tarixiy surat boʻlib, ushbu kartina milodiy 79-yildagi Vezuviy vulqonining otilishi mavzusiga bagʻishlangan. Bu asar oʻzining uslubiy jihatidan oʻsha davr Rossiyasida hukmron boʻlgan neoklassitsizm bilan Fransiyada tobora keng tarqala boshlagan romantizm oqimi oʻrtasida joylashgani bilan ajralib turadi.
Ushbu surat omma eʼtirofiga sazovor boʻldi va Karl Bryullovni xalqaro shuhrat qozongan ilk rus rassomiga aylantirdi. Rossiyada esa bu asar rus sanʼati Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi sanʼat darajasidan qolishmasligini isbotlovchi dalil sifatida baholandi. Shuningdek, kartina Edward Bulwer-Lyttonning dunyoga mashhur „Pompeyning soʻnggi kunlari“ nomli romaniga ilhom manbai boʻlgan. Biroq Fransiya va Rossiya tanqidchilari rasmdagi klassik uslubda tasvirlangan gavdalarning haddan tashqari mukammalligiga eʼtibor qaratgan. Ularning fikricha, bu jismoniy ideal holat obrazlarning fojiaviy holatiga mos tushmagan. Bu rasmning umumiy mazmuni – inson yaratgan narsalarni yoʻq qilishga qodir tabiatning ulugʻvor kuchi haqidagi romantik gʻoyasi bilan uygʻunlashmagan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Necropoli di Porta Ercolano, via dei Sepolcri, tombe monumentali, lato nord est – veduta. Pompei La fortuna visiva. Retrieved 22 November 2017.