Pomodoro usuli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A tomato-shaped Pomodoro kitchen timer
Pomodoro oshxona taymeri.

Pomodoro usuli — 1980-yillarning oxirida Franchesko Chirillo tomonidan vaqtni toʻgʻri taqsimlashni yaxshiroq qillish uchun ishlab chiqilgan oʻrganish texnikasi[1]. Franchesko oshxona taymeri yordamida ishni qisqa-qisqa tanaffuslarga boʻladi va odatda 25 daqiqalik qism(interval)larga ajratadi. Ushbu har bir interval italyancha pomodoro (pomidor) deb sanaladi va tabiiy ravishda Chirilloni oʻzi universitet talabasi boʻlganida birinchi bor pomidorga oʻxshagan oshxona taymerini oʻrganish uchun ishlatadi[2][3].

Ushbu usul taymerlar va aniq koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan ilova va veb-saytlarda keng tarqalgan[4].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu usul olti bosqichdan iborat:

- Bajarilishi kerak boʻlgan topshiriqni aniqlab oling.

- Pomodoro taymerini oʻrnating (odatda 25 daqiqa)[1].

- Vazifa ustida ishlang.

- Taymer jiringlaganda ishni tugating va qisqa tanaffus qiling (odatda 5-10 daqiqa)[5].

- Agar siz kamida 3 ta pomodoroni tugatmagan boʻlsangiz, 2-bosqichga qayting va uchta pomodorodan oʻtguningizcha takrorlang.

- Uchta pomodoro bajarilgandan soʻng, toʻrtinchi pomodoroni qiling va keyin uzoq tanaffus oling (odatda 20-30 daqiqa). Uzoq tanaffus tugagach, yana 2-bosqichga qaytib 4 ta pomodoroni tugating.

Muntazam tanaffuslar olinadi va 10 daqiqalik tanaffus ketma-ket pomodorolarni ajratib turadi. Toʻrtta pomodoro bitta toʻplamni tashkil qiladi. Toʻplamlar orasida 20-30 daqiqalik katta tanaffus mavjud[6][1].

Ushbu texnikaning maqsadi ichki va tashqi chalgʻituvchi narsalarni taʼsirini diqqatga taʼsirini kamaytirishdir. Pomodoro boʻlinmasdir, yaʼni pomodoro paytida boshqa narsa bilan shugʻullanish yoki keyinga qoldirilish mumkin emas, agar unday sharoitda boʻlmasangiz pomodoroni bajarmaslik kerak[1][6][7].

Pomodoroda topshiriq bajarilgandan soʻng, qolgan vaqtni ikkinchi darajali mashgʻulotlarga ajratish tavsiya qilinadi, masalan:

- Tugallangan ishingizni tekshiring (ixtiyoriy)

- Ishingizni qayta koʻrib chiqing (masalan: Qanday maqsadingizga erishdingiz? Qanday taʼlim darajasiga erishdingiz? Oʻqishdan maqsadingizni va topshiriqni oxirigacha bajardingizmi?)

- Keyingi rejalashtirilgan pomodorolar uchun kelgusi vazifalar roʻyxatini tuzib chiqing va ularni qachon, qanday qilishni aniqlab oling.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Cirillo, Francesco. The Pomodoro Technique. 2011-yil 8-mayda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2018-04-25 sanasida arxivlangan)
  2. Cummings. „The Pomodoro Technique: Is It Right For You?“. Lifehack. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  3. Cirillo. „The Pomodoro Technique (The Pomodoro)“. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  4. Olsen. „For Writing Software, a Buddy System“ (2009-yil 19-sentyabr).
  5. Cirillo. „GET STARTED“. The Pomodoro Technique. — „4. WHEN THE POMODORO RINGS, PUT A CHECKMARK ON A PAPER“. 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar. Click the „how“ link and see step 4. Presumably, the piece of paper can be oneʼs task list or similar. In any case, four check marks indicate a longer break (step 6).
  6. 6,0 6,1 Nöteberg, Staffan. Pomodoro Technique Illustrated. Raleigh, N.C: Pragmatic Bookshelf, 2009. ISBN 978-1-934356-50-0. 
  7. Kaufman, Josh. The Personal MBA: A World-Class Business Education in a Single Volume. Penguin UK, 2011. ISBN 978-0-14-197109-4.