Pomir-fargʻona irqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pomir-fargʻona irqi, Ikki daryo oraligʻi irqi — katta yevropeoid irqiga mansub boʻlgan irqlardan biri. L.V. Oshanin "Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi tipi", A.I.Yarxo "Pomir-Fargʻona tipi" deb atagan. P.-Pomir-fargʻona irqiga quyidagi xususiyatlar xos: pigmentatsiyasi qora, soqoli siyrakroq yoki qalin, sochi toʻgʻri yoki sal jingalak, yuzi choʻziq va keng , qirra burun, qanshari tik va keng , ayrim guruxlarida mongoloid irk aralashgan. Paleoantropologiya materiallari bu tipdagi aholining tub xalq ekanligini koʻrsatadi. P.-Pomir-fargʻona irqini L.V.Oshanin 3 ga ajratgan:

1) togʻliklar — togʻlik tojiklar;

2) Jan.-Gʻarbiy Pomir boʻyidagi kam sonli qabilalar (rushan, shugʻnon, vohon);

3) tekislikdagilar — Oʻzbekistonda yashovchi oʻzbeklar, shuningdek, tojik va uygʻurlarning ayrim guruhlari.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil