Polyani Jon Charlz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polyani Jon Charlz (1929.23.1, Berlin) — kanadalik kimyogar. Kanada Qirollik jamiyati aʼzosi (1966 yildan). Manchester universitetini tugatgan (1949). Falsafa dri (1952), Toronto universiteti prof. (1962 yildan). Asosiy tadqiqotlari kimyoviy kinetikaga oid. Elemen-tar kimyoviy jarayonlar dinamikasi sohasida yangi yoʻnalishni rivojlantirgan (1960—70). Alohida molekulalarning kuchsiz infraqizil nurlanishiga koʻra, reaksiya mahsulotlarining energetik holatini aniqlash usulini ishlab chiqqan. London qirollik jamiyati aʼzosi (1971 yildan). Nobel mu-kofoti laureati (1986, S. Xershbax va Ya. Li bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil