Polineziyaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polineziyaliklar, polinezlar — Polineziya — Sharqiy Mela-neziyaning baʼzi kichik orollari, Taiti o., Kapingamarangi, Nukuoro va Mikroneziya o.larida yashovchi bir-bi-riga yaqin qardosh xalklar guruhi; tonga, samoa, uvean, futuna, tuvalu, tokelau, niue, pukapuka, rarotonga,man-gay, tongareva, manixik, rakaxanga, taiti, tubuai, rapa, paumotu, tuamo, napukan, mangareva, markizliklar, rapanui, gavayyaliklar, maori, tiko-pia va boshqa Umumiy soni 1120 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Polinez tilida soʻzlashadi. Dindorlarining koʻpchiligi katolik va protestantlar, shuningdek, ibtidoiy diniy tasavvurlarning qam taʼsiri ancha kuchli. P.ning Poli-neziyaga joylashuvi miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirgi choragida boshlangan. P.ning etnogeiyezida Jan. Amerika indeyslarining ham taʼsiri borligi haqida mulohazalar mavjud. Asosiy mashgʻuloti — qoʻl mehnatiga asoslangan tropik tipdagi dehqonchilik (taro, yams, batat, banan, shakarqamish, non daraxti va boshqalar) va baliq ovlash.

Adabiyot[tahrir]

  • Puchkov P. I., Etnicheskaya situatsiya v Okeanii, M., 1985; Butinov N. A., Sotsialnaya organizatsiya polineziysev, M., 1985.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil