Poliamidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliamidlar — makromolekula-sining asosiy zanjirida takrorlanadigan — SO—NH— guruhi tutgan sintetik polimerlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra karbozanjirli va geterozanjirli boʻladi. Karbozanjirli P. makromolekulasining asosiy zanjiri fa-kat uglerod atomlaridan tuzilgan, amid guruxlari esa tarmoklarda joylashganligi sababli (mas, poliakril-amid) ularni, odatda, P.ga taalluq-li deb hisoblanmaydi. Geterozanjirli P. da CONH guruhi makromolekulaning asosiy zanjirida joylashgan boʻladi. Geterozanjirli P. muhim ahamiyatga ega. Ular polikondenslanshi yoki polimerlanish usullari bilan olinadi. Kimyoviy tuzilishiga koʻra, oqsillar va peptidlar ham P., ammo tuzilishi va xossalari "odatdagi" sintetik P.dan keskin farq qilganligi uchun ularni alohida sinfga ajratiladi.

P. oq yoki oqish-qizgʻish rangli shoxsimon qattiq moddalar Suyuqlanish temperaturasi 150 dan 430° gacha. Baʼzi P. qovu-shoq suyuqliklar (smolalar). Mustahkamligi, qattiqligi, elastikligi, yeyilishga, issiqqa, kimyoviy reagentlar taʼsiriga barkaror.

P. sintetik tolalar, plyonkalar, loklar, sunʼiy charm olishda, fotografiya emulsiyalari tayyorlashda, mashinasozlikda, elektr-radio qurilmalari, antifriksion va boshqa turli detallar tayyorlashda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil