Kontent qismiga oʻtish

Pokiston 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pokiston
2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida

Pokiston bayrogʻi
XOK kodi PAK
MOQ Pokiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi
Veb sayt nocpakistan.org
Pxenchxan, Janubiy Koreya
9-25-fevral, 2018-yil
Sportchilar 2 2 sport turi boʻyicha
Bayroqdor (ochilish) Muhammad Karim
Bayroqdor (yopilish) Muhammad Karim
Medallar
Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Jami
0

Pokiston 2018-yil 9–25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi uchinchi ishtiroki bo‘ldi. Pokiston delegatsiyasi ikki nafar sportchidan — tog‘ chang‘ichisi Muhammad Karim hamda chang‘i poygachisi Syed Humandan iborat edi.

Pokistondagi ilk chang‘i kurorti 1958-yilda Naltar Valley hududida ochilgan. Dastlab u harbiy-havo kuchlari uchuvchilari uchun mashg‘ulot bazasi sifatida tashkil etilgan, keyinchalik esa fuqarolar uchun ham foydalanishga topshirilgan. Pokiston chang‘i federatsiyasi 1990-yilda tashkil etilgan[1].

2010-yilgi Olimpiya o‘yinlari Pokistonning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ilk ishtiroki bo‘ldi. Ular yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi debyuitini 1948-yilda amalga oshirgan bo'lsa va birinchi yozgi Olimpiya medalini 1956-yilda qo‘lga kiritgan[2][3].

Muhammad Karim ochilish marosimida hamda yopilish marosimida Pokiston bayroqdorligi vazifasini bajargan[4][5].

Togʻ changʻi sporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sportchi Musobaqa 1-urinish 2-urinish Umumiy
Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin
Muhammad Karim Erkaklar giant slalom 1:27.53 82 1:26.51 72 2:54.04 72
Erkaklar slalom DNF

Changʻi poygasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sportchi Musobaqa Final
Vaqt Farq Oʻrin
Syed Human Erkaklar 15 km fristayl 45:19.1 +11:35.2 104
  1. Ali, Sana „Remote Pakistan Village Produces 2 Olympic Hopefuls“. VOA (2018-yil 15-fevral). Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
  2. „Pakistan at the Olympics“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  3. „Pakistan at the Olympic Games - All Key Facts, Winter Olympics 2018, PyeongChang“. Olympic (2018-yil 12-fevral). Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  4. „Closing Ceremony Flagbearers – Olympic Winter Games, PyeongChang 2018“. International Olympic Committee. 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
  5. „Opening Ceremony Flagbearers – Olympic Winter Games, PyeongChang 2018“. International Olympic Committee. 2018-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.